22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,8 °C

Mamlakatimizda
26 Iyul  2019 334

O‘zbekistonda iste'molchilar qaysi sohalardan qattiq norozi?

Ma'lumotlarga ko‘ra birgina 2019 yilning birinchi yarim yilligi davomida Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga va uning hududiy bo‘linmalariga fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar soni jami 6014 ta bo‘lib, ushbu murojaatlarning 3 103 tasi og‘zaki, 2 221 tasi yozma, 690 tasi esa elektron shaklda yuborilgan, deya ma'lum qiladi Federatsiya matbuot xizmati.

Sohalar kesimida tahlil qilinganda, iste'molchilardan kelib tushgan murojaatlarning 2165 tasi (36,0%) savdo sohasiga,

732 tasi (12,2%) gaz ta'minoti sohasiga, 918 tasi (15,3%) elektr ta'minoti sohasiga, 353 tasi (5,9%) suv ta'minoti sohasiga, 240 tasi (4,0%) kommunal xizmat sohasiga, 103 tasi (1,7%) sog‘liqni saqlash sohasiga, 400 tasi (6,7%) xizmat ko‘rsatish (servis) sohasiga, 167 tasi (2,8%) transport sohasiga, 208 tasi (3,5%) aloqa (va internet) sohasiga, 728 tasi (12,1%) esa boshqa sohalarga to‘g‘ri kelmoqda.

Federatsiyaga qilingan har bir fuqaroning murojaati e'tibordan chetda qolmaydi. Yil boshidan kelib tushgan arizalarning 5 579 tasi ya'ni, 92,8 % ijobiy hal etilishi natijasida iste'molchilar foydasiga jami 6 milliard 947 million 247 ming so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 milliard 376 million 580 ming so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishiga erishilganini ko‘rsatadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech