17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,4 °C

Moliya
15 May  2019 437

Iste’mol kreditlari va qarzlarning to‘liq qiymatini hisoblash tartibi belgilandi

Iste’mol kreditlari va qarzlarining to‘liq qiymatini hisoblash tartibi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 905-5, 14.05.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Ushbu tartib iste’molchilarga berilgan iste’mol kreditlari va qarzlarning to‘liq qiymatini hisoblash tartibini belgilaydi.

Kredit yoki qarzning to‘liq qiymatini hisoblab chiqishda qarz oluvchining quyidagi to‘lovlari hisobga olinadi:

- asosiy qarz va foizlar bo‘yicha to‘lovlar;

- bank foydasiga amalga oshiriladigan to‘lovlar – agar bunday to‘lovlar shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa;

- uchinchi shaxslar foydasiga amalga oshiriladigan to‘lovlar, agar bunday to‘lovlar shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa.

Banklar quyidagi hollarda kredit yoki qarzning to‘liq qiymatini hisoblab chiqishlari shart:

- shartnoma tuzilganda;

- kredit yoki qarz olish istagini bildirgan qarz oluvchilarga kredit yoki qarz olish shartlari haqidagi ma'lumotlarni taqdim etish vaqtida.

Banklar o‘zlarining rasmiy veb say-saytlarida potensial qarz oluvchilarga kredit yoki qarzning to‘liq qiymatini mustaqil hisoblab chiqish imkoniyatini yaratib berishlari lozim.

Shuningdek, banklar ommaviy axborot vositalari orqali kredit yoki qarz to‘g‘risidagi ma'lumotlarni e'lon qilganlarida, ushbu e'londa bankka murojaat etgilganida mijozlarga kredit yoki qarz olish bilan bog‘liq kredit yoki qarzning to‘liq qiymatini hisoblab berilishi haqida axborot berishlari kerak.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech