14 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,4 °C

Turizm
29 Oktyabr  2019 630

Istanbuldan Buxoro va Samarqand shaharlariga charter reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Turkiya aviatashuvchisi vakillarining 8 oy davomida o‘z yechimini kutayotgan masalasi O‘zbekiston va xorij davlatlari shaharlari o‘rtasidagi aviatashuvlarni oshirish yo‘lida ko‘rilgan choralar hamda «Uzbekistan Airports» AJ sa'y-harakatlari bilan hal bo‘ldi, deb xabar qiladi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida Turkiyaning «Atlasglobal Airlines» aviakompaniyasiga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat berildi.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiya aviakompaniyasi jurnalist, bloger, turistik firmalar rahbarlari va xodimlari, shuningdek din arboblari va olimlarni jalb qilgan holda ikki charter reysni amalga oshirish rejalashtirilgan. «Atlasglobal» O‘zbekistonning «Grand Atlas Discovery» kompaniyasi ko‘magida 31-oktabr – 4-noyabrda Istanbul-Buxoro va Samarqand-Istanbul yo‘nalishidagi birinchi charter reysini amalga oshiradi. «IATA summer 2020» yoz mavsumidan boshlab esa «Atlasglobal Airlines» aviakompaniyasi tomonidan ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida 50 aviareysni amalga oshirish rejalashtirilgan, buning natijasida esa O‘zbekistonga 10 mingdan ziyod sayyohning tashrifi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech