22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -1 °C

Harbiy
15 Oktyabr  2019 428

Mudofaa vaziri o‘rinbosari: “Insoniyat o‘z tarixi davomida 300 yil urushsiz yashagan”

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida zamonaviy harbiy mojarolarga bag‘ishlangan birinchi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qiladi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Anjuman doirasida O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar akademiyasi boshlig‘i general-mayor Azizbek Ikramov “XXI asr harbiy mojarolarining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi tahliliy ma'ruzasi bilan chiqish qilib, butun dunyoda sodir bo‘layotgan harbiy mojarolarning kelib chiqishi va uning oqibatlari haqida gapirdi.

Azizbek Ikramov zamonaviy harbiy mojarolar mazmuni, uning yangi qiyofa va xususiyatlari, axborot-mafkuraviy va kiber makonda olib borilayotgan urush haqida alohida ta'kidlab o‘tdi.

“Hisob-kitoblarga ko‘ra, insoniyat shu vaqtga qadar 300 yilgina urushsiz yashagan. Bu har yuz yilga bir hafta tinchlik davri to‘g‘ri keladi demakdir. Bundan 3,5 ming yil oldin sovuq qurollar yordamida boshlangan urush hozirda yadroviy va axborot makonida davom etmoqda. Bu kabi urushlarning oldini olish uchun xorijiy oliy harbiy ta'lim va tadqidot muassasalari bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatish zarur. Bugungi barcha ishlarimiz aynan shunga yo‘naltirilgan”, — deydi mudofaa vazirining o‘rinbosari.

Shuningdek, anjuman davomida Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo strategik tadqiqotlar markazi professori Brian Todd “Afg‘onistondagi ichki mojaroning ahvoli va rivojlanishi”, Koreya Respublikasi Milliy mudofaa universiteti prezidenti Li Seok Gu “Davlatlararo mojarolarning rivojlanish dinamikasi Koreya yarimoroli misolida” mavzularida ma'ruza qildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech