22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,6 °C

Mamlakatimizda
19 Sentyabr  2019 604

Inom Majidov: Nomutaxassislik fanlarining ko‘pligi talabalarning e'tiroziga sabab bo‘lmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi muhokama qilindi.

Muhokamada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi rahbariyati va jamoasi, barcha oliy ta'lim muassasalari rektorlari, filiallar direktorlari ishtirok etdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.

– Amaldagi malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari mazmun jihatidan bitiruvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilmagan, o‘quv rejalarida nomutaxassislik fanlari ulushi yuqoriligicha qolmoqda, bu esa talabalarning haqli e'tirozini keltirib chiqarmoqda, – dedi Inomjon Majidov.

Vazir oliy ta'lim muassasalari hamda kadrlar buyurtmachilari o‘zaro hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo‘yicha ishlar qoniqarsiz ahvoldagi ekani tanqid qildi va ish beruvchilar kadrlar tayyorlash jarayoniga qiziqmasa, OTM rektorlari tashabbus ko‘rsatishi kerakligini qayd etdi.

– Chunki xalqimiz va Prezident oliy ta'limdan jamiyat taraqqiyoti lokomotivi bo‘lishini talab qilmoqda, – dedi vazir. – Ishga hozirgidek munosabat bilan maqsadga erisholmaymiz. Zamon shiddat bilan rivojlanyapti, biz taraqqiyot ortidan emas, balki uni belgilab berishimiz kerak.

Shuningdek, yangi tuzilgan respublika oliy ta'lim kengashi oldida turgan dolzarb vazifalar, uning istiqbol-rejalari ham muhokama qilindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech