20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,1 °C

Mamlakatimizda
30 Mart  2019 1404

Ilmiy ish himoyasining videotasvirlari jamoatchilikka taqdim etilishi taklif etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari muhokamasi portaliga oliy attestatsiya jarayonini takomillashtirish bilan bog‘liq hujjat loyihasi joylashtirildi. Qaror loyihasiga ilm ahli tomonidan bildirilayotgan fikr va mulohazalar bilan birgalikda belgilangan platformadan tashqarida – ommaviy axborot vositalarida ham keng muhokama qilinmoqda.

Andijon viloyati Mintaqaviy tadqiqot markazi ilmiy xodimi Azizbek Egamberdiyev tomonidan quyidagicha taklif bildirilmoqda.

Jamoatchilik nazoratini kuchaytirishning aniq mexanizmlari – dissertatsiyalar  va himoya jarayonining videotasvirini ochiq bazaga joylashtirish, himoya jarayoniga OAV vakillarini jalb etish, himoya jarayonida har bir bosqichning muddatlariga rioya etilishini axborot-kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda nazorat qilish maqsadga muvofiqdir.

Ilm-fan ombudsmanining faoliyatini yo‘lga qo‘yish – ziddiyatli masalalarni jamoatchilik ko‘z o‘ngida muhokama qilish, tegishli munosabat bildirish mexanizmini yaratish zarur bo‘ladi.

Shuningdek, Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatiga axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish ishlarini jadallashtirish kerak. Tadqiqotchi bilan kengash, kengash bilan OAK o‘rtasidagi munosabatlarning shaffof bo‘lishi jarayonga zamonaviy texnologiyalarni tatbiq qilish ko‘lamiga ham bog‘liqdir.

Oliy ta'lim muassasalari bosqichma-bosqich mustaqil bo‘lar ekan yirik oliygohlarning kengashlarining moddiy texnika bazasini kuchaytirish, tadqiqot natijalarini rasmiylashtirishga har tomonlama ko‘mak berishi zarur bo‘lgan ilmiy kengash raisi va kotiblarining ish hajmidan kelib chiqib, ularga ish haqi to‘lash tartibini joriy qilish zarur.

Bugun oliy ta'lim muassasalari juda keskin o‘zgarishlar ostonasida turibdi. Oliy ta'lim iqtisodiy mustaqilligi va oliy attestatsiya jarayonidagi keskin o‘zgarish ishlab turgan tizimga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Shunday ekan, achchiq tajribadan kelib chiqib tizimdagi islohotlarni bosqichma bosqich amalga oshirish kerak deb hisoblaymiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech