17 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,5 °C

Sport
2 Aprel  2019 1279

Ilhom Mo‘minjonov 50 million so‘m jarimaga tortildi hamda 5 yilga futboldan chetlatildi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Etika qo‘mitasining 2019-yil 20-fevraldagi  02/2019 sonli  yig‘ilish qaroriga asosan, O‘FA Futbol faoliyatini nazorat qilish boshqarmasiga Namanganning “Navbahor-Lochinlari” PFK klubi sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonovning kelishilgan o‘yinlarga aloqadorligi yuzasidan o‘rganish va surishtiruv ishlarini olib borish yuklatilgandi.

 

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Futbol faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan Ilhom Mo‘minjonovning faoliyatiga qonuniy baho berish maqsadida u bilan birga faoliyat olib borgan futbolchilar va rasmiy shaxslar suhbatga chaqirildi hamda ular bilan suhbatlar o‘tkazildi. Aniqlangan ma'lumotlar natijasida yig‘ilgan bir qator  hujjat-dalillar ko‘rib chiqish uchun O‘FA Etika qo‘mitasiga taqdim qilindi.

O‘FA Etika qo‘mitasi taqdim qilingan hujjat va dallilarni o‘rganib chiqib, 1-aprel kuni O‘FA binosida yakuniy yig‘ilishini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.

Yig‘ilishda “Navbahor lochinlari” PFKning sobiq bosh murabbiysi Mo‘minjonov Ilhom 2017-yil mavsumida  kelishilgan o‘yinlarni tashkil qilish, jumladan, o‘yin natijasiga ta'sir qilish maqsadida “Navbahor lochinlari” PFKning bir qator futbolchilarini o‘yinni sotishga undagani uchun 50 million so‘m miqdoridagi jarimaga tortildi hamda 5 yil muddatga futboldagi har qanday faoliyatdan chetlashtirildi.

Shuningdek, “Surxon” PFK texnik direktori  Sharipov Sherzod qo‘mitaga va O‘FAning rasmiy vakillariga yolg‘on ko‘rsatma berganligi uchun, “Surxon” PFK jamoasi sardori Jabborov Dilshod Mo‘minjonov Ilhomga kelishilgan o‘yinlarni tashkil qilishga yordam berganligi va futbolchilarni o‘yinni sotishga undagani, shuningdek, qo‘mitaning yozma va og‘zaki so‘rovlariga e'tibor bermay uzrli sababsiz qo‘mita yig‘ilishlariga kelmaganligi uchun 2019-yil futbol mavsumi oxiriga qadar futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirildi.

Yig‘ilishda futbol sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, murabbiylar va futbolchilar kim bo‘lishidan qat'i nazar kelgusida bunday holatlarni sodir etadigan bo‘lsa, belgilangan tartibda jazoga tortilishi ma'lum qilindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech