20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,9 °C

Mamlakatimizda
5 Aprel  2019 1076

Ikki yil mobaynida yerdan foydalanilmasa unga bo‘lgan huquq bekor qilinadi

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (2019 yil 4 aprel, O‘RQ–533).

Qonun bilan yer kodeksiga yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishiga oid bir qancha o‘zgartirishlar kiritildi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Jumladan, qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan ehtiyojlar uchun berilgan yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganda unga bo‘lgan huquq bekor qilinadi. Ilgari bu davr 3 yil edi. (Mazkur norma uch oydan so‘ng kuchga kiradi.)

Endilikda, fermer yoki dehqonlarning O‘zbekiston dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a'zoligi majburiy etib belgilandi. Bunda a’zolik tugatilganda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq ham bekor qilinadi.

Kengashlar uylarni aylanib chiqish orqali dehqon xo‘jaliklarining yerdan hamda tomorqadan samarali foydalanilishini monitoring qiladi.

Shuningdek, Kengashlar fermer, dehqon xo‘jaliklariga hamda tomorqa egalariga yerdan samarali foydalanish zarurligi to‘g‘risida ko‘rsatma berishga haqli.

Uy-joy kodeksiga kiritilgan ko‘shimchalarga ko‘ra, turar joy mulkdori farzandlarining er-xotini ham uning oila a’zolari qatoriga kiritildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech