23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

IT-xabarlar
5 Iyul  2019 773

Ijtimoiy tarmoqlardagi nosozlik foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlarni ochib beradimi?

Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlari ishidagi so‘nggi nosozlik ilovalarda rasm o‘rniga uning tavsiflari paydo bo‘lishiga olib keldi. BuzzFeed ning xabar berishicha, rasmlarga sun'iy aql tavsif bergan.

Tavsiflar fotosuratlarda tasvirlangan narsalarni oddiygina talqinidir: odamlar soni, ularning nima qilayotgani, suratdagi buyumlar. Facebook va Instagram sodir bo‘lgan hodisaga hali izoh bermadi.

Facebook 2015-yildan tavsiflarni yaratish uchun rasmlarni skanerlashni boshlagan. Bu ko‘rish qobiliyati buzilgan foydalanuvchilarga yordam berish istagi bilan izohlandi. 2017-yilda kompaniya odamlarga to‘g‘ri ta'rif berish va suratlardagi tafsilotlarni aniqlash uchun tanib olish tizimini yangiladi.

Facebook va Instagramning fotosuratlarini skanerlash orqali o‘zlari haqida qanchalik ko‘p ma'lumotga ega bo‘lganidan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari norozi bo‘lishdi, albatta. ZackFord ning yozishicha, fotosuratlar o‘rniga «o‘simliklar, avtomobillar, poyafzal» kabi yozuvlarini o‘z ichiga olgan tavsiflar ko‘ringan. TechCrunch muharriri Zak Uyttaker sun'iy aqlning o‘zi haqida «bitta odam, soqolli», deb juda aniq tasvirlagani borasida hazil ham qilgan.

Shuningdek, Facebookning odamlar fotosuratlaridan olgan barcha ma'lumotlardan reklama kompaniyalari foydalanishlari mumkinligidan xavotirda ekanini bildirilgan. Chka foydalanuvchilari ham ma'lumotlar anonimlashtirilib, keyin reklama maqsadlarida ushbu sanoat vakillariga yuborilishidan shubha qilmoqda.

Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlari va WhatsApp messenjerida 3-iyul kuni kechqurun global nosozlik yuz berdi. Muammolar Moskva vaqti bilan 17:50 atrofida qayd etilgan. Shikoyatlar AQSh, G‘arbiy yevropa, Buyuk Britaniya, Singapur, Lotin Amerikasi va boshqa mintaqalardan tushdi. Rossiya aholisi ham ijtimoiy tarmoqlar va messenjerga kirishdagi muammolardan shikoyat qilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech