18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,8 °C

Kеyingi avlod
18 Aprel  2019 832

“Ijodkor bolalar” maktablari tashkil etiladi

«Xalq ta'limi tizimidagi maktabdan tashqari ta'lim samaradorligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

Unga ko‘ra:

- Umumta'lim maktablari huzuridagi axborot-resurs markazlari faoliyatini 2019-yil 1-avgustdan boshlab tugatish hamda ularning 400 nafar shtat birliklarini tuman (shahar) xalq ta'limi bo‘limlariga, mavjud kitob fondini umumiy o‘rta ta'lim muassasalari balansiga beriladi.

- “Barkamol avlod” bolalar markazlari negizida “Ijodkor bolalar” maktablari tashkil etiladi.

- Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o‘quvchilar qiziqishiga ko‘ra “Ijodkor bolalar” maktablarining tarmoq to‘garaklari tashkil etiladi.

Xalq ta'limi tizimidagi maktabdan tashqari ta'lim muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari:

- 2019-yil 1-avgustdan “Ijodkor bolalar” maktablari va “Bolalar kutubxonalari” xodimlari uchun 2 baravarga;

- 2020-yil 1-yanvardan “Ijodkor bolalar” maktablari xodimlari uchun 1,5 baravarga oshiriladi.

- 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab “Ijodkor bolalar” maktablarida robototexnika, mexatronika, muhandislik, dasturlash va xorijiy tillarni o‘rganish to‘garaklarini davlat xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etilishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech