20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13 °C

Mamlakatimizda
9 May  2019 949

Ichki ishlar vazirligida germaniyalik jurnalistlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Joriy yilning 4-may kuni O‘zbekiston Respublikasiga kelgan germaniyalik jurnalistlar, “Spiegel Online” nashrining xodimi Kristina Xebel va “Deutschlandfunk” nashrining vakili Tilko Gris bugun Ichki ishlar vazirligida bo‘lib, Vazirning birinchi o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati. 

Uchrashuvda jurnalistlar 2016-yildan buyon inson huquqlari ustuvorligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida respublikamizning ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilgan islohotlar va ularning natijalari, bu kabi islohotlar olib borilishiga sabab bo‘lgan omillar hamda tizim oldiga qo‘yilgan rejalari yuzasidan suhbat olib bordilar.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizda bo‘lib turgan germaniyalik jurnalistlar respublikamizning bir qator tashkilot rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olmoqdalar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech