19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,4 °C

Mamlakatimizda
30 May  2019 852

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida qo‘shimcha ta’lim yo‘nalishlari ochiladi

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasidagi ta’lim mutaxassisliklari ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4346, 30.05.2019 y.), deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, endilikda akademiyada Jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati bo‘yicha oliy ma'lumotli yurist kadrlar tayyorlanadi.

Shuningdek, qaror bilan kasbiy tayyorgarlik fakultetida Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati tashkil etildi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Akademiyada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma'lumotli yurist kadrlar tayyorlanmoqda:

- tergov faoliyati;

- tezkor-qidiruv faoliyati;

- huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati;

- ekspert-kriminalistik faoliyat;

- yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash faoliyati;

- xizmat faoliyatini psixologik ta'minlash;

- jinoyatlarni oldini olish va fosh etish faoliyati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech