21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34 °C

Mamlakatimizda
12 Sentyabr  2019 593

Rostex O‘zbekistonni ichimlik suvi bilan ta'minlashga yordam beradi

Jizzax viloyatida avtomatlashtirilgan, yuqori samarali suv tozalash tizimlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, bu esa kelajakda mintaqada ichimlik suvi yetishmasligidan xalos bo‘lish imkonini beradi.

O‘zbekistonda soatiga 140 litr suvni tozalash tizimi ishlab chiqariladi, bu esa ishlab chiqarishning uzluksizligini ta'minlash uchun maxsus ishlanma va narxi past hamda kam energiya sarflaydigan muqobillaridan farq qiladi.

«Aholining jadal ko‘payib borishi va iqlim o‘zgarishi O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari oldida ichimlik suvi taqchilligi masalasini ko‘tarmoqda. Bizning tozalash tizimlarimiz sanoat va uy-joy sohasida ham, xususiy va ko‘p qavatli uylarda ham qo‘llanilishi mumkin. Tozalashning bir necha bosqichidan o‘tgan suv, chiqishda sanitariya me'yorlariga to‘la mos keladi», deydi Rostexning xalqaro hamkorlik va mintaqaviy siyosat bo‘yicha direktori Viktor Kladov.

Suv tozalash tizimlari suvni tuzlar, organik moddalar va og‘ir metallardan tozalaydi, bakteriyalar va viruslardan dezinfeksiyalaydi, shuningdek, radioaktiv moddalarni zararsizlantiradi va uni ichishga yaroqli holga keltiradi.

«Respublikaning ushbu uskunaga bo‘lgan ehtiyoji yuqori va bozorlarning to‘yinishi bir necha yil ishlab chiqarishdan so‘ng yuzaga keladi. Uskunalarni ishlab chiqarish bo‘yicha ishlar allaqachon boshlangan. 2020-yil oxiriga qadar biz turli xil modifikatsiyalarda 300 dan ziyod suv tozalash tizimini sotishni rejalashtirganmiz», deydi «Polyus» ilmiy-tadqiqot instituti bosh direktori Yevgeniy Kuznetsov.

Ishlab chiqarish O‘zbekistonning «Raqamli ishonch» jamg‘armasi va Rossiyaning eng yirik sanoat kompaniyalaridan biri Rostex davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi M.F. Stelmax nomidagi «Polyus» ilmiy-tadqiqot instituti «Shvabe» xolding qo‘shma korxonasida tashkil etildi. Loyiha yil boshida Rostex delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida ishga tushirildi va respublika rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Фото: rostec.ru

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech