22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,8 °C

Mamlakatimizda
31 Iyul  2019 363

Toshkent shahridagi tuman hokimliklari huzurida “Tezkor shtab” tashkil etiladi

Toshkent shahrida xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda Xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligidagi Qo‘shma qaror ishlab chiqildi va Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlandi, deb xabar beradi hokimlik matbuot xizmati.

Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilbar Najmutdinova raisligida 10 ta tumanda yig‘ilishlar o‘tkazildi. Ularda 508 ta mahallaning xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma'naviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislar, mahalla raislari, tumandagi mas'ul tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etdi.

O‘tkazilgan yig‘ilishlarga ko‘ra, tuman hokimliklari huzurida “Tezkor shtab” hamda tuman IIB sohaviy xizmat xodimlari va Xotin-qizlar qo‘mitasining jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlovchi mutaxassislaridan iborat Ishchi guruhlar faoliyati tashkil etiladigan bo‘ldi.

Shuningdek, har bir mahallada mahalla mutaxassisi va profilaktika nozirlari tomonidan hududda istiqomat qiluvchi xotin-qizlarni 23 ta toifa bo‘yicha kartotekalarni shakllantirish va shu kabi vazifalar belgilab olindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech