20 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,6 °C

Mamlakatimizda
22 Avgust  2019 1002

Elektr, gaz va suv hisoblagichlarini qiyoslash bo‘yicha yangi tartib belgilandi

“Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi (698-son, 20.08.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qaror bilan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha ma'muriy reglamentlar tasdiqlandi.

2019-yil 1-noyabrdan boshlab hisobga olish uskunalarini qiyoslovdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi:

- yuridik shaxslar uchun – 4 yil;

- jismoniy shaxslar uchun – 8 yilni tashkil etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech