24 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,7 °C

Bilasizmi?
3 Iyul  2019 477

Hindistonda «g‘oyib bo‘layotgan» mashinalar videosi virusday juda tez tarqalmoqda

Hindistonda ko‘prik ostiga kirib «g‘oyib bo‘layotgan» avtomobillar aks etgan videorolik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida keng bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Ular optik illyuziyani darrov payqay olishmagan, deya xabar beradi «The Indian Express».

Videolavhada avtomobillar ko‘prik ostiga burilib, keyin g‘oyib bo‘layotgani aks etgan.

Videoni tomosha qilganlar soni tezda o‘n mingdan oshgan, foydalanuvchilar bu qanday bo‘lishi mumkinligi masalasida bahs-munozaralarga kirishib ketgan, juda ko‘plab taxminlar bildirilgan, sharhlar keltirilgan.

Kimdir ko‘prikni Bermud uchburchagiga taqqoslagan, boshqasi bu Xogvartsga portal, deb hisoblagan.

Ba'zi sharhlovchilar kamera bilan bog‘liq hiylani qidirgan bo‘lsa, boshqalari bu nayrang videotahrir yordamida amalga oshirilgan, deb hisoblagan. Lekin ayrimlari tasvir optik illyuziya uyg‘otadigan muayyan nuqtadan olinganini darrov payqashgan.

https://ria.ru/20190703/1556139266.html

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech