08 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,4 °C

Energetika
27 Avgust  2019 1429

Hamkorlikdan barcha foyda ko‘radi

O‘zbekiston Tojikiston elektr energiyasining asosiy xarid qiluvchisi hisoblanadi, ammo buning uchun Afg‘onistondan kamroq haq to‘laydi. Nima uchunligiga «Asia-Plus» Tojikiston axborot portali izoh beradi.

O‘zbekiston har kuni Tojikiston elektr energiyasidan 13 mln kilovatt/soat, Afg‘oniston esa 10 mln kilovatt/soat oladi.

- Har bir kVt soat uchun Kobul Dushanbega 3,8 sent, Toshkent esa - 2,5 sentdan to‘laydi, - deya xabar beradi «Asia-Plus» Tojikiston hukumatining iqtisodiy blokidagi manbaga asoslanib. - Toshkent Tojikistonga yetkazib berilayotgan tabiiy gazga katta chegirmalar bergani sababli O‘zbekiston nisbatan arzon elektr energiyasi oladi.

Manbaning ma'lum qilishicha, sentyabr oyi boshida kutilayotgan Rog‘un GESining ikkinchi agregati ishga tushirilgach, Tojikiston Afg‘oniston va O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni sezilarli darajada oshiradi. Iyun oyi oxirida mamlakat parlamentining majlisida «Rog‘un GESi» OAJ bosh direktori Xayrullo Safarzoda Rog‘unning ikkinchi agregati 9-sentyabrdan elektr energiyasini ishlab chiqara boshlashini ma'lum qilgan.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech