18 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7 °C

Xavfsizlik
31 Oktyabr  2019 639

Chilonzordagi “Ugolok” kafesida aslida nima bo‘lgan? IIBB rasmiy ma'lumot berdi

Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkentda tungi klub qo‘riqchilari va “mehmon” ishtirokida janjal bo‘ldi. Bir yigit vafot etdi” nomi bilan tarqalgan xabar yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

Ta'kidlanishicha,  28-oktabr kuni taxminan soat 21:00larda fuqarolar 24 yoshli Bobur Z. va 30 yoshli Murod A. Toshkent shahar, Chilonzor tumanida joylashgan “Ugolok” kafesida kechgi taom bilan spirtli ichimlik iste'mol qilishgan.

Shu vaqt mobaynida Bobur Z. mastlik bilan bog‘liq xatti-harakatlari bilan 21 yoshli Ahmadjon A. va 22 yoshli Dalerjon M. ismli kafe qo‘riqchilarining e'tiroz bildirishiga sababchi bo‘lgan va o‘rtada nizo kelib chiqqan.

Shundan so‘ng, ular kelishib olish uchun, ya'ni “tortishuvni davom ettirish” maqsadida kafedan tashqariga chiqib, mushtlashishganlar. Mushtlashuv oqibatida Bobur Z. yengil tan  jarohatlari olib, tanishi Murod A. bilan taksiga chiqqan, biroq hyech qancha yurmasdan, o‘rtog‘ining mazasi bo‘lmayotganligi uchun avtomobildan tushgan.

Chilonzor tumaniga qarashli “tez yordam” xodimlari Murod A.ni tasodifan ko‘rib qolib, kasalxonaga olib ketayotgan vaqtda u vafot etgan.

Murod A.ning o‘limi bo‘yicha olingan dastlabki sud tibbiy tashhisiga ko‘ra, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi va spirtli ichimlikdan zaharlanish holatlari aniqlangan va hyech qanday tan jarohati alomatlari yo‘qligi to‘g‘risida ma'lumot berilgan. 

Hozirda ushbu holat Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Shu bilan birga, yuqorida sodir etilgan “bezorilik” harakatlari yuzasidan, Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan Ahmadjon A. va Dalerjon M.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining   277-moddasi (Bezorilik ) 2-qismi “b” bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech