20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,3 °C

Mamlakatimizda
11 Iyul  2019 605

Gulnora Karimovaning oila a'zolari uning koloniyadagi ahvoli bo‘yicha shikoyat va e'tirozlar bildirmagan

21-sonli Jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan Gulnora Karimovaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 76-moddasida ko‘zda tutilgan huquqlarini to‘laqonli ta'minlash maqsadida qizi Imon Karimova bilan 2019 yilning 7 iyul kunidan 10 iyul kuniga qadar uzoq muddatli uchrashuv berilgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma'lum qiladi.

Uchrashuvdan so‘nggi fikr va taassurotlarini o‘rganish maqsadida Imon Karimova bilan suhbat o‘tkazilganda, u onasi Gulnora Karimovaning ayni paytda sog‘ligidan shikoyati yo‘qligini, zarur hollarda muassasa tibbiyot bo‘limi xodimlari tomonidan o‘z vaqtida alohida e'tibor qaratilayotganligi, onasiga nisbatan O‘zbekiston hukumati tomonidan hyech qanday bosim o‘tkazilmayotganligini bildirdi.

G.Karimovaning jazoni ijro etish koloniyasidagi holati yuzasidan internet tarmoqlarida nashr etilgan materiallar haqida Imon Karimovadan so‘ralganda, haqiqatdan ham “Instagram”dagi “iman.k17” sahifasi unga tegishli ekanligini, ammo onasi G.Karimova bilan bog‘liq materiallar ushbu sahifaga boshqa shaxslar tomonidan tayyorlanishini ma'lum qilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech