20 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,8 °C

Voqea-hodisalar
10 Sentyabr  2019 343

Grenlandiya AQSh bilan munosabatlarni rivojlantirish tarafdori ekanini bildirdi

Bu haqda Ane Lone Bagger - Grenlandiya hukumati ta'lim, madaniyat, cherkov va tashqi ishlar vaziri Vudro Vilson markazida bo‘lib o‘tgan konferensiyada so‘zlagan nutqida ma'lum qildi.

«Biz AQSh bilan munosabatlarimizni rivojlantirishga sodiq qolamiz va biznes yuritish uchun ochiqmiz. Grenlandiya mineral resurslarga ega, baliqchilik rivojlangan. Muhim strategik, geografik joylashuvga egaligimizni ham bilamiz», – degan vazir.

Amerikaning harbiy ishtiroki borasida gapirgan Bagger bu aholiga ko‘proq foyda keltirishini istashini bildirgan. «Albatta, AQSh harbiylarining bo‘lishi – katta masala va siyosiy partiyalar, aholi bunga jalb etilgan, – deydi vazir. – Ularning bo‘lishi hozirgi kunga qaraganda ham jamiyatimizga ko‘proq foyda keltirishi lozim».

Grenlandiya Daniya qirolligining bir qismi bo‘lib, 2009-yildan keng avtonomiyaga ega bo‘ldi. O‘zini o‘zi boshqarishning yuqori darajasiga qaramasdan, orolning tashqi siyosati va xavfsizligi masalalari baribir Kopengagenning huquqi bo‘lib qolmoqda. Hozirda orolning shimoli-g‘arbiy qirg‘og‘ida AQSh HK Tule bazasi faoliyat ko‘rsatmoqda. U AQShning eng shimoliy harbiy bazasi hisoblanadi va u Qutb doirasidan 1,2 ming kilometr shimolroqda joylashgan. Uni qurishda mahalliy aholi majburan ko‘chirib yuborilgandi.

18-avgust kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp Vashington Grenlandiyani sotib olishga qiziqayotganini bildirdi. Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen va Grenlandiya vakillari avtonomiyani sotishni muhokama qilishdan bosh tortdilar. Keyinchalik Tramp Grenlandiya bo‘yicha muloqot istiqbolining ko‘rinmayotgani sabab 2-3-sentyabr kunlari Daniyaga tashrifi va qirolicha Margret II qabulida bo‘lishni keyinga qoldirganini ma'lum qildi. Associated Press agentligi esa Davlat departamenti Grenlandiyada bosh konsullikni ochish taklifi bilan Kongressga maktub yuborgani haqida xabar tarqatdi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech