14 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14 °C

Mamlakatimizda
9 Oktyabr  2019 281

GPEning O‘zbekistondagi koordinatori “Ta'lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Ta'lim sohasida global hamkorlik (Global Partnership in Education) xalqaro tashkilotining O‘zbekistondagi koordinatori Xoa Tran Ringrouz ta'lim muassasalariga ko‘rsatgan beg‘araz yordami uchun Xalq ta'limi vazirligining “Ta'lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi, deb xabar vazirlik matbuot xizmati.

Bugun Ta'lim sohasida global hamkorlik (Global Partnership in Education) tashkilotining Sharqiy yevropa, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo okrugiga kiruvchi mamlakatlarning birinchi mintaqaviy uchrashuvi doirasida Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov Xoa Tran Ringrouzga O‘zbekistonda ta'lim sohasi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun “Ta'lim homiysi” ko‘krak nishonini topshirdi.

Ta'kidlash lozimki, Global Partnership in Education 2013-2018-yillarda ta'lim sektori rejasini amalga oshirish uchun 49,9 mln. AQSh dollari miqdorida grant ajratgan bo‘lib, ushbu hamkorlik doirasida 2019-2023-yillarda ham yurtimizda ta'lim sohasini rivojlantirish uchun $10 mln. AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, Ta'lim sohasida global hamkorlik tashkiloti (GPE) 2002-yilda tashkil etilgan va uning asosiy maqsadi global hamda milliy darajada sifatli ta'limga yoshlarni teng qamrab olishni ta'minlashdan iboratdir.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech