22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -1 °C

Agrosеktor
26 Oktyabr  2019 856

Suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llaganlarga subsidiyalar taqdim etiladi

Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi (25.10.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

 

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan:

- suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini, shuningdek, ularni xarid qilish va qurishga ajratiladigan bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun  subsidiyalar taqdim etiladi;

- byudjet mablag‘larini oluvchilar bilan tuziladigan import shartnomalarini majburiy ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish talabi suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish doirasida tuziladigan import shartnomalariga tatbiq etilmaydi;

- hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini Davlat byudjeti hisobidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi bekor qilinadi.

Qarorga ko‘ra, shuningdek, 2022-yil 1-yanvardan:

- paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirish uchun nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste'mol qilgan elektr energiyasi qiymatini Davlat byudjetidan subsidiyalar hisobiga qoplash tartibi faqat suv tejovchi texnologiyalarni joriy etgan ishlab chiqaruvchilarga tatbiq etiladi;

- qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan suv xo‘jaligi tashkilotlarining sug‘orish quduqlari va vertikal drenaj quduqlaridan ekinlarni sug‘orishga suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash sharti bilan ruxsat etiladi.

Shu bilan birga, qarorga muvofiq, 2020-2030-yillarda suv xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech