19 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36,6 °C

Transport
26 Iyun  2019 638

GM Uzbekistan yonib ketgan Cobalt avtomobili bo‘yicha ma'lumot berdi

GM Uzbekistan kompaniyasi keng jamoatchilik hamda iste'molchilarga fuqaro Ismailova G.ga tegishli yonib ketgan Cobalt avtomobili to‘g‘risida ayrim OAVlarda tarqalgan ma'lumotlar noto‘g‘ri talqin etilganligini ma'lum qiladi.

«Djeneral Motors Uzbekistan» AJ mutaxassislari tomonidan hodisa o‘rganilgan. Aniqlanishicha, avtomobil yonib ketishiga juda ko‘p omillar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, biroq aslo avtomobil konstruksiyasidagi nosozliklar emas.

Muammo haqida gap ketganda, avtomobil kuzovida metallning ichiga egilgan tirqish bo‘lib, bu esa yong‘in o‘chog‘i avtomobil o‘ng g‘ildiragi yonida sodir bo‘lgani va katta ehtimol bilan buning oqibatida g‘ildirak pokrishkasi portlashiga olib kelganligini ko‘rish mumkin. O‘ng g‘ildirak yonida o‘sayotgan o‘simliklar aynan past tomonidan yongan, ust tomonidan emas. Bularning barchasi avtomobil yonib ketishiga tashqi omillar sabab bo‘lganini anglatadi. 

Bundan tashqari mustaqil ekspertlarning xulosalariga ko‘ra, elektr simlarda qisqa tutashuv izlari ham bo‘lmagan.

Avtomobilning yonib ketishiga texnik nosozlik sabab bo‘lgani haqidagi faktlarning yo‘qligiga qaramay, birinchi instansiya sudi da'vogarning da'vo talabini qondirib, moddiy zararni qoplash to‘g‘risida qaror qabul qildi. 

O‘z o‘rnida ayrim OAVlar hali kuchga kirmagan sud qaroriga hamda avtomobil egasining keltirgan vajlariga asoslanib haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan xabarni chop etgan, deyiladi kompaniya xabarida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech