27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,4 °C

Transport
27 May  2019 452

GM Uzbekistan dilerlarni yangi modellar bilan tanishtirdi

GM Uzbekistan kompaniyasi “Nurafshon Avtocentr” multibrend avtosalonida dilerlik korxonalari vakillarini O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi kutilayotgan yangi modeldagi avtomobillar bilan tanishtirdi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Mazkur tadbir dilerlarga yangi modellar bilan tanishish bilan bir qatorda uning barcha jihatlariga baho berish hamda o‘z takliflarini bildirish imkonini berdi.

Shuningdek, dilerlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, unda ularning yangi avtomobillar bo‘yicha takliflari o‘rganildi.

Tadbir yakunida kompaniya va dilerlar o‘rtasidagi hamkorlikka doir boshqa bir qator masalalar ham muhokama qilindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech