09 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3 °C

Energetika
14 Noyabr  2019 930

G‘isht sexida 1 mlrd. 790 mln. so‘mlik gaz noqonuniy sarflangani aniqlandi

“O‘zneftgazinspeksiya” hamda “Hududgazta'minot” mutaxassilari tomonidan Yangiyo‘l tumanida joylashgan “Binokor-M” MChJga qarashli pishga g‘isht ishlab chiqarish sexida noqonuniy gaz sarflanganligi aniqlandi, deb xabar qiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Joriy yilning 31-oktabr kunida, pishgan g‘isht ishlab chiqarish sexi ko‘zdan kechirilganda, sexda o‘rnatilgan gaz hisoblash uskunasiga (schetchik) tashqaridan ta'sir yetkazishga sharoitlar yaratilganligi ma'lum bo‘ldi. Shu sababli gaz hisoblash uskunasi elektr manbaasidan uzilganligi aniqlandi.

Metrologiya xodimlari tomonidan gaz hisoblash uskunasi qaytadan elektr manbaasiga ulanganda, gaz hisoblash uskunasining xotirasida 27 kun davomida sarflangan gaz hajmi yozilib borilmaganligi ma'lum bo‘ldi. Yuqorida ko‘rsatilgan muddat davomida g‘isht ishlab chiqarish sexi tabiiy gaz bilan ta'minlanib kelgan.

Dastlabki hisob kitob bo‘yicha 27 kun davomida jami 1 mlrd. 790 mln. so‘mlik, 1 mln. 790 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib, zarar yetkazganligi aniqlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech