22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,8 °C

Salomatlik
19 Fevral  2019 2245

Germaniyada O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi taqdimoti o‘tkazildi

 Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan “O‘zbekistonda zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar bilan ishlash uchun tibbiy va texnik xodimlarning malakasini oshirish” loyihasida ishtirok etmoqda.

 

Bugun, 19-fevral kuni Gamburg shahrida loyiha ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan “2019 – 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida taqdimot o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Taqdimotda shoshilinch tibbiy yordam xizmatini yanada takomillashtirish, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasiga yuqori texnologiyalarni sotib olish bo‘yicha shartnomalarni tayyorlash yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi. Bundan tashqari, mutaxassislarimiz Germaniya tibbiyot modelini o‘rganish orqali O‘zbekistonda sohani yuqori texnologiyalar asosida rivojlantirishda ikki mamlakat mutaxassislari hamkorligini yanada jadallashtirish lozimligini ta’kidladilar.

27-fevralga qadar davom etadigan tashrif davomida delegatsiyamiz a’zolari Germaniya sog‘liqni saqlash tizimida moliyalashtirish masalalari va boshqarish usullari, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni boshqarish tamoyillari bilan yaqindan tanishadilar. Shuningdek, mamlakatning yetakchi tibbiyot muassasalarini, tibbiy ta’lim va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tibbiy uskunalar ishlab chiqaruvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech