18 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,3 °C

Sport
9 Aprel  2019 1583

Futbol sharhi. Mavsum kashfiyotimi yoki qulay taqvim?

O‘zbekiston chempionati. Superliga uchinchi tur. «Andijon» - «Lokomotiv» - 0:4, «Paxtakor» - «Nasaf» - 2:1, «Navbahor» - «Bunyodkor» - 2:3, «Dinamo» - «Metallurg» - 2:1, «Buxoro» - «Qizilqum» - 1:1, OTMK – «Qo‘qon-1912» - 7:1, «So‘g‘diyona» - «Surxon» - 0:3. 

 

Chempionat boshlanishi bilan «Paxtakor»ning yetakchi bo‘lib olgani tushunarli: poytaxt jamoasi mavsumlar oralig‘ida juda to‘g‘ri transfer siyosatini o‘tkazdi va tarkibni kuchaytirdi. Ammo so‘nggi lahzalardagina tasodifan superligaga kiritilgan «Surxon»ning bunday parvozini ko‘pchilik kutmagan edi, deyish mumkin.

Shunga qaramay, surxondaryoliklar xursand. Ularning klubi hozircha mag‘lubiyatga uchragani yo‘q. Uyida Samarqandning «Dinamo»sini (1:0) yutib, Jizzaxda «So‘g‘diyona»dan ustun keldi (3:0), «Metallurg» bilan durangga (0:0) imzo chekdi.

Albatta, taqvim ham juda qulay keldi va klub hali kuchlilar bilan o‘ynagani yo‘q. Ammo taqvimning bunday qulay bo‘lgani «Surxon»ga g‘oliblik ruhini olib kelgan bosh murabbiy Andrey Miklyayevning xizmatini soyada qoldira olmaydi. Eslatib o‘tamiz, u uzoq vaqt yetakchi «Lokomotiv» klubida ishlagan va klub bilan O‘zbekiston chempioni bo‘lgan.

Miklyayev juda qisqa fursatda, ya'ni ikki oydan kamroq vaqt ichida, Termizda futbol o‘ynay oladigan jamoani shakllantirdi. Hozircha uning jamoasi darvozasidan birorta ham to‘p olib chiqmagan va raqiblari darvozasiga to‘rtta gol urgan klub bo‘lib turibdi. «So‘g‘diyona» ham qanchalik urinmasin, bu ishni uddalay olmadi. Bundan tashqari, favoritlar ham «Mavsum kashfiyoti» nomiga bemalol torta oladigan debyutantga hurmat bilan qarashlari lozim.

«Bunyodkor» tarkibidagi yoshlarning o‘yindan-o‘yinga mahorati oshib borayotganini ko‘rish quvonarli. O‘zlaridan tajribaliroq raqiblari oldida qizarib qolishmayapti.

Bosh murabbiy Vadim Abramov shogirdlari ham o‘z irodasini namoyish etmoqda. Ikkita mag‘lubiyatdan keyin ham ruhlari tushib ketgani yo‘q. «Navbahor» bilan bellashuv ham oson bo‘lmadi. 2:0 hisobida oldinda bora turib, namanganliklarga hisobni tenglashtirishga imkon berib qo‘yishdi. Olimpiya terma jamoasi asosini tashkil etuvchi toshkentlik yoshlar boshida parter holatidan chiqib keta olmaydigandek tuyulgandi. Ammo kutilmaganda og‘ir vaziyatdan chiqib keta oldilar va uch ochkoni qo‘lga kiritdilar.

Yana neytral maydonda o‘ynagan «Navbahor» futbolchilarining o‘zlari aybdor. Gol ursa bo‘ladigan ko‘plab vaziyatni boy berishdi. Uchrashuv tugashiga ozgina qolganda, hatto, belgilangan penaltini ham ura olishmadi. Shundan so‘ng namanganlik tomoshabinlar futbolchilar o‘yinidan norozi bo‘lib, hushtak chala boshladilar va ko‘proq «Bunyodkor»ni qo‘llab-quvvatlashga tushdilar. Legioner-murabbiy Andrey Kanchelskis ham ruhiy bosimga dosh bera olarmikan? Uning jamoasi oxirgi o‘rinda ketmoqda. Aynan u bronza medali sohibi «Navbahor»ning bu yil balandroq cho‘qqini ko‘zlayotgani haqida gapirgandi.

OTMK va «Qo‘qon-1912» klublari o‘yinidagi xokkeycha hisob  ko‘pchilikni lol qoldirdi (7:1). Qo‘qonlik himoyachilar bas kela olmagan 34 yoshli hujumchi Zafar Polvonov o‘z hisobiga beshta golni yozib qo‘ydi. Farg‘ona vodiysi futbolchilari birinchi taym o‘rtalarida kamchilik bo‘lib qolishganidan ruhlari tushib ketdi, keyin esa, umuman, o‘yinni to‘qqiz kishi bo‘lib yakunladilar.

Bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bellashuvlarida «Paxtakor» va «Lokomotiv» ko‘tarinki kayfiyatda o‘ynashlari lozim. Temiryo‘lchilar «Al-Ittihod» (Saudiya Arabistoni) mehmoni bo‘lishsa, «Paxtakor» o‘z uyida «Al-Sa'dd» (Qatar)ni qabul qiladi.

Uchinchi turdan so‘ng jamoalar holati

Klublar                      G‘  D  M  T  O

  1. «Paxtakor» 3 0   0  7:3  9
  2. «Surxon» 2 1  0  4:0  7
  3. «Lokomotiv» 2 0  1  6:3   6
  4. «Qizilqum» 1 2  0  5:3   5
  5. OTMK 1  1  1  8:4   4
  6. «Nasaf» 1  1  1  5:3   4
  7. «Metallurg» 1   1  1  4:3  4
  8. «Dinamo» 1 1  1   3:3  4
  9. «Bunyodkor» 1 0  2  5:6   3
  10. «So‘g‘diyona» 1 0  2  3:7   3
  11. «Buxoro» 0 2  1  1:3   2
  12. «Andijon» 0  2  1  1:5   2
  13. «Qo‘qon-1912» 0 2  1  2:8   2
  14. «Navbaxor» 0  1  2  3:5  1    

    

Keyin nima bo‘ladi, hech kim bilmaydi…

Mini-futbol bo‘yicha mamlakat chempionatining birinchi tur bahslari yakuniga yetdi. Unda «Qizilqum», «Andijon», «Surxon» va «Qo‘qon-1912» superliga vakillari ishtirok etmadi. Ushbu klublar rahbarlariga jarima sanksiyalari qo‘llaniladimi? Yana futzal bo‘yicha keyingi tur bahslari qachon va qayerda bo‘lib o‘tadi, degan savolga ham javob yo‘q.

Shoshilib tashkil etilgan turnir kutilmagan vaziyatlarni taqdim etmadi. Turnir jadvalining yuqori pog‘onasida haliyam eski jamoalar o‘rin olgan. To‘g‘ri, mini-futbol bo‘yicha yetakchilar ochko yo‘qotishdi: «Paxtakor» OTMK bilan (1:1) va «Maksam-Chirchiq» «So‘g‘diyona» bilan (2:2) durang o‘ynadi

O‘rta qatorlarda borayotganlar holati biroz turg‘unroq, shuningdek, «Buxoro» va «Neftchi» istiqbolsiz ko‘rinmoqda. O‘yinlari ham statistika uchun.

Birinchi turdan so‘ng jamoalar holati

Klublar                         G‘  D  M  T   O

  1. «Paxtakor» 2 1  0  12:5  7
  2. «Maksam-Chirchiq» 2 1 0  13:8  7
  3. OTMK 2  1  0   9:4   7
  4. «Lokomotiv» 2 0  1   9:6   6
  5. «So‘g‘diyona» 1  2  0  11:4  5
  6. «Nasaf» 1 2  0   9:8   5
  7. «Navbahor» 1 1  1  4:10  4
  8. «Bunyodkor» 1 0  2 10:14 3
  9. «Metallurg» 1 0  2  6:10  3
  10. «Dinamo»    1  0  2  7:14  3
  11. «Buxoro» 0  0  3  5:9    0
  12. «Neftchi» 0 0  3  6:19  0  

 Timur Nizayev.

 «Pravda Vostoka» sharhlovchisi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech