22 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +39,6 °C

Xavfsizlik
19 Iyun  2019 439

Fuqarolarning issiq suvga to‘lagan 27 mln. so‘m puli o‘zlashtirilgan

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi tomonidan “Toshissiqquvvati” DUK Chilonzor tumani bo‘limi murojaatiga asosan olib borilgan tergovga qadar tekshiruvda, mazkur bo‘lim texnik xodimi Z.M. tomonidan fuqarolardan olingan pullar o‘zlashtirib yuborilgani aniqlandi, deb xabar beradi bosh prokuratura matbuot xizmati.

Gap shundaki,  Z.M. 2018-yil davomida 58 nafar fuqarolar tomonidan isitish tizimi va issiq suv manbai uchun to‘langan pullarni iste'molchilarning shaxsiy hisob-raqamlariga tushirmasdan, ularga to‘lov kvitansiyalarini yozib berish orqali jami 27 mln. so‘m pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi ma'lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Z.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech