18 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,4 °C

Ijtimoiy hayot
29 Mart  2019 1353

Fuqarolar Haj va Umra amallarini bajarishlari uchun qo‘shimcha aviareyslar yo‘lga qo‘yilayotgani aytildi

Toshkent shahar hokimligi tomonidan milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirishga qaratilgan e'tiborga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.

 

Unda fuqarolarning Haj va Umra amallarini tashkil etish masalalari ham muhokama etildi.

Yig‘ilishda “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi fuqarolarning umra ziyoratiga borishga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olib, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bilan birgalikda qo‘shimcha aviareyslar qatnovi yo‘lga qo‘yilayotganligi ma'lum qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi hukumati yurtdoshlarimiz qulay tarzda diniy ibodatlarini amalga oshirishi uchun zarur barcha shart-sharoitlarni yaratayotganligi alohida ta'kidlandi.

Ma'lumot uchun, joriy yilda Respublika bo‘yicha 16 ming fuqaro Umra ziyoratini amalga oshirgan bo‘lib, Toshkent shahridan ziyoratga 2,5 mingdan ziyod fuqaro borib kelgan.

Bugunga qadar har yili 5 ming yurtdoshimiz Haj safariga va 6 mingi umra ziyoratlariga borgan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishguncha esa, 140 nafarga yaqin yurtdoshimiz muborak Haj safariga borish baxtiga musharraf bo‘lgani ham aytib o‘tildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech