21 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,6 °C

Energetika
9 Sentyabr  2019 779

Jizzaxlik fermer fotoelektr (quyosh) stansiyasini o‘rnatdi

O‘zbekistondagi fermer xo‘jaliklari elektr energiyasini tejash maqsadida zamonaviy qurilmalarni o‘rnatishni boshladilar, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati. 

6 sentyabr kuni Jizzax viloyati Forish tumanidagi «LAZZAT KAFOLAT» uzumchilik-fermer xo‘jaligiga qarashli uzumchilik plantatsiyasida chuqurlik nasosini elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida «OftobNur» kompaniyasi mutaxassislari tomonidan fotoelektr (quyosh) stansiyasini o‘rnatish va ishga tushirish bo‘yicha ishlarni yakunladilar. Nasos qishloq xo‘jalik ekinlarini doimiy sug‘orilishini  ta'minlash uchun quduqdan suv chiqarishga mo‘ljallangan.

Zamonaviy qurilma soatiga 10 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bir yorug‘ kunda u 80 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Oylik elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati esa 2400 kilovattga teng. Sug‘orish mavsumida (mart-oktyabr oylari) bu raqam 19200 kilovatt elektr energiyadan oshib ketadi.

Taqqoslash uchun, fermer o‘zini elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun 1 km qiymati 35 mln. so‘mga yaqin bo‘lgan elektr uzatish liniyasi qurishga majbur bo‘ladi. Bunga qo‘shimcha tarzda, amaldagi tarifga ko‘ra har yili foydalanilgan elektr energiyasi uchun 9 mln. so‘m to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Ko‘rsatib o‘tilgan quyosh qurilmasini o‘rnatish uchun fermer 78 mln. so‘mga yaqin mablag‘ sarflaydi. Mazkur qurilma 8 gektar yerni odatiy usul bilan, 30 gektar yerni esa tomchilash usulida sug‘orish imkonini beradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech