14 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,4 °C

Turizm
30 Oktyabr  2019 414

“Seul xalqaro madaniyatlar festivali” da O‘zbekistoning turizm salohiyati targ‘ib etildi

Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan faol vatandoshlarimiz “Seul xalqaro madaniyatlar festivali” doirasida O‘zbekistoning madaniyati, san'ati va turizm salohiyatini targ‘ib etishdi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Tadbirda o‘zbek milliy taomlari va qandolatchilik mahsulotlari bilan bir qatorda milliy liboslar, raqs hamda qo‘shiqlar orqali O‘zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasining Janubiy Koreyadagi vakillari tomonidan koreys hamda boshqa chet ellik mehmonlarga O‘zbekistonning boy madaniyati, san'ati va turizm salohiyati targ‘ib qilinib, ona yurtimiz va turizm sohasida kuzatilayotgan o‘zgarishlar haqida ko‘plab ma'lumotlar taqdim etildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda ona vatanimizni dunyoga tanitish, koreyaliklar orasida yurtimizning turizm salohiyatini targ‘ib qilish borasida qator ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Seul xalqaro madaniyatlar festivali ishtirokchilari O‘zbekiston haqida yanada chuqurroq taassurotga ega bo‘lishdi. Festivalga tashrif buyurgan mehmonlarning O‘zbekiston haqida qiziqtirgan savollariga javob berdik. O‘ylaymizki, ularning vatanimizga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortdi” – deydi vatandoshimiz, O‘zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasining Janubiy Koreyadagi vakili Shoxrux Jabborov.  

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech