18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,1 °C

Madaniyat
5 Aprel  2019 1472

O‘zbekistonda 14 dan 30-aprelga qadar Jaz festivali bo‘lib o‘tadi

Musiqaning chegara bilmasligi hamda insonlarni birlashtiruvchi o‘ziga xos ko‘prik ekaniga hademay o‘tkaziladigan Xalqaro jaz festivali ishtirokchilari va mehmonlari ham ishonch hosil qilishi mumkin. Fransiya, Isroil, Indoneziya, Turkiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan musiqiy mahorat sohiblari yettita nota yordamida o‘z dunyoqarashlarini tomoshalarga kelganlar bilan o‘rtoqlashadigan yorqin va bayramona mazkur tadbir O‘zbekistonda 14 dan 30 aprelga qadar bo‘lib o‘tadi.

 

Festival O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, YUNESKO vakolatxonasi, «Ilhom» teatri, Toshkent shahar hokimligi va mamlakatimizdagi qator elchixonalar bilan hamkorlikda Xalqaro jaz kuni munosabati bilan tashkillashtirilmoqda.

Ushbu musiqa bayramini nishonlash YUNESKO tomonidan 2011-yil 30-aprelda Xalqaro jaz kuni rasman e’lon qilingandan so‘ng boshlangan. Respublikamizda u ilk marta 2015-yilda bo‘lib o‘tgandi.

YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Pilar Alvarez-Laso nashrimiz uchun bergan intervyusida: «Ushbu musiqiy yo‘nalish tarixi inson qadr-qimmati, demokratiya va fuqarolik huquqlari uchun kurash tarixi bilan chambarchas bog‘langan. Tashkilotimiz ham tinchlikni ta'minlashga xizmat qiladigan, insonlaru xalqlar o‘rtasidagi muloqot va o‘zaro bir-birini anglashga yordam beradigan jazning kuchiga ishonadi. Festivalning maqsadi O‘zbekiston va xorijdagi jaz musiqachilariga bu yil turli tadbirlarni tashkil etish orqali nafaqat Toshkentda, balki respublikaning boshqa viloyatlarida ham ularda ushbu musiqa yo‘nalishining tub ildizlari, an'analari, yangi tendensiyalari haqida ko‘proq ma’lumot berish va olish uchun jaz ustalari hamda ixlosmandlari jamlanadigan jahonning ushbu universal tili bayramini nishonlashga imkon berishdan iboratdir. Buyuk Nina Simon: «Jaz – bu nafaqat oddiy musiqa, balki turmush tarzi, borliq usullari va tafakkur uslubidir», deb juda to‘g‘ri aytgandi», deydi.

Kseniya Nadejdina.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech