27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,4 °C

Sport
15 Aprel  2019 874

Fazliddin G‘oibnazarov Sh.Ergashevga mag‘lub bo‘lgan bokschi bilan jang qiladi

Rio Olimpiadasi chempioni, ayni paytda professional boksda yorqin faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi. 11 may kuni o‘tadigan boks oqshomida yurtdoshimiz amerikalik Maykl Foksga qarshi jang olib boradi. Ushbu qarama-qarshilik Arizonada o‘tishi belgilangan, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

 

Yodingizda bo‘lsa, Maykl Foks shu yilning 15 fevral kuni boshqa bir hamyurtimiz Shohjahon Ergashevga qarshi ringga ko‘tarilib, faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgandi. Ta'kidlash joiz, Foks 20 jangidan qolgan 19 tasida g‘alaba qozongan.

“Biz bo‘lajak bahsga jiddiy hozirlik ko‘rmoqdamiz. Hali vaqt bor, umid qilamanki, navbatdagi g‘alabam bilan barcha boks muxlislarini xushnud etaman”, – dedi Fazliddin G‘oibnazarov.

Eslatib o‘tamiz, yurtdoshimiz shu paytgacha professional boksda 7 bor jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech