
Xavfsizlik
13
Noyabr 2019
474
Farg‘onada poliklinika xodimi pora bilan qo‘lga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona shahar ko‘p tarmoqli poliklinikasi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi, deb xabar qiladi bosh prokuratura matbuot xizmati.
Gap shundaki, poliklinika Vrach-laboranti Shoira.R. fuqaro Sayyora B.ni ushbu shifoxonaga hamshiralik vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 800 AQSh dollarini talab qilib, olayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Shoira R.ga nisbatan JKning 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.