26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,4 °C

IT-xabarlar
14 Mart  2019 2547

Butun dunyoda Facebook va Instagram ishida nosozlik yuzaga keldi

Saytlarning ishlashida global nosozlik yuzaga kelgan, deya xabar tarqatadi ommaviy ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining shikoyatlari bilan ishlovchi «Downdetector» xizmati.

 

Facebookda muammolar 13-mart kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlandi, oradan bir necha daqiqa o‘tgach, Instagram «yotib» qoldi.

Foydalanuvchilar Facebook va Instagram saytlariga kira olishmagan, ayrimlari xabarlar tasmasini yangilashning iloji bo‘lmaganidan va shaxsiy xabarlarda fayllarni jo‘nata olishmaganidan shikoyat qilishgan.

Facebookdagi muammolar haqida AQSh, Filippin, shuningdek, Yevropa (Buyuk Britaniya, Niderlandiya va boshqalar) va Lotin Amerikasi (Braziliya, Peru) foydalanuvchilari xabar berishgan. Rossiya va Ukrainada ham ba’zi nosozliklar kuzatilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech