20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,4 °C

Madaniyat
5 Aprel  2019 1339

Yoshlarga kino san’ati asoslarini bepul o‘rganishlari uchun imkon yaratildi

Yosh kinoijodkorlar kengashi «ART HOUSE» ta’lim loyihasining ikkinchi mavsumiga start berilgani haqida ma’lum qildi.

 

Ushbu bepul loyiha Yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi ko‘magi bilan Yosh kinoijodkorlar kengashi tomonidan tashkil etilmoqda. Uning doirasida 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar o‘z sohasining ustalari – mashhur rejissyor, ssenarist, aktyor va operatorlardan kino asoslarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

«ART HOUSE»ning ikkinchi mavsumida rejissyorlar Ali Hamroev, Qamara Kamalova va Jasur Is’hoqovlar yoshlarga ustozlik qilib, rejissura va dramaturgiyadan saboq berishadi. Alisher Uzoqov, Ra'no Shodieva va Dilnoza Kubaeva aktyorlik mahorati, Hamidulla Hasanov va Yodgor Nosirov operatorlik ishi bo‘yicha dars o‘tishadi. Shuningdek, grimm san'ati, rassom asarlari va ikkinchi rejissyorlik yo‘nalishlarini o‘rganish uchun alohida kurs ochiladi.

«ART HOUSE»ning 2018-yil davomida o‘tgan birinchi mavsumi juda samarali bo‘ldi.  Yolqin To‘ychiev, Jahongir Qosimov, Ayub Shahobiddinov va Rashid Malikov singari taniqli kinoijodkorlar rahbarligida o‘tkazilgan to‘rt kurs davomida o‘z hayotini san'atning ushbu turi bilan bog‘lashga qaror qilgan 59 nafar yoshlar tahsil olishdi. Ular rejissura, dramaturgiya, aktyorlik mahorati va operatorlik bo‘yicha kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Ularga aktyorlar Karim Mirhodiev va Dilmurod Masaidov, O‘zbekiston Xalq yozuvchisi, taniqli kinodramaturg Erkin A'zamov, operatorlar Jasur Shametov, Aziz Arziqulov, Hamidulla Hasanov singari o‘z kasbining mohir ustalari bo‘lgan insonlar saboq berishdi.

Birinchi mavsumning ikki nafar bitiruvchisi 4-Xalqaro “Prolog” kinofestivalida o‘z qisqametrajli filmlari bilan asosiy konkursda ishtirok etishdi. Ayub Shahobiddinov kursidan Mahliyo Asqaralievaning “Qush” nomli filmi va Rashid Malikovning shogirdi Gulnora Ivanovaning “Fontan” kartinasi kinofestivalning xalqaro hay'ati tomonidan yuksak e'tirofga sazovor bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech