14 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14 °C

Sport
30 Aprel  2019 984

Ertaga mamlakatimizda sport oyligi start oladi

Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta tashabbusning ikkinchisida mamlakatimiz yoshlari orasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, ommaviy sportni targ‘ib qilish masalariga alohida urg‘u berilgan. Ayni shu maqsadda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi may oyini mamlakatimizda sport oyligi deb nomlash tashabbusi bilan chiqdi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Mazkur oylik 1-maydan 31-mayga qadar davom etib, u Respublikamizning barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Sport oyligi boshlanishidan avval bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida ko‘plab soha mutasaddilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Yig‘ilishni MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov olib bordi. Unda Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi kabi qator tashkilot mutasaddilari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda Jasur Matchanov bo‘lajak sport oyligining ne chog‘lik ahamiyatli ekani haqida to‘xtalib o‘tdi.

Avvalo, bunday oylikni tashkil qilishdan maqsad aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sportni ularning yuragiga singdirish. Qolaversa, bu judda katta loyiha bo‘lib, u yurtimizning millionlab yoshlarini birlashtiradi. Biz asosan professional sport bilan ishlaymiz. Ammo shuni unutmaslik kerakki, ommaviy sportni rivojlantirmasdan turib, katta sportda natijaga erishib bo‘lmaydi. Shunday ekan, sport oyligi davomida bir nechta kerakli iqtidor egalarini saralab olish imkoniyati ham paydo bo‘ladi”, – dedi Jasur Matchanov.

Sport oyligining ramziy ochilish marosimi ertaga 11:00 da Milliy olimpiya qo‘mitasi binosining yonginasida boshlanadi. Unda sportimiz yulduzlari ham ishtirok etib, muxlislarga o‘z iqtidorlarini namoyish etishadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech