17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26,4 °C

Bilasizmi?
24 May  2019 379

Eng qadimiy qo‘ziqorin topildi

Belgiya va Kanada olimlari taxminan bir milliard yoshdagi tosh qotgan topilmaga duch kelishdi va uning yer yuzidagi eng qadimgi qo‘ziqorin ekanini aniqlashdi.

Tadqiqot natijalari «Nature» jurnalida e’lon qilingan. Mualliflar ushbu qo‘ziqorinlarning zamonaviy ekotizimning eng muhim tarkibiy qismi ekanini ta’kidlamoqda. Bundan tashqari ushbu qo‘ziqorinlarning sayyoramiz yuzasiga eukariotlar (hujayralari yadroga ega bo‘lgan dastlabki organizmlar)ning tarqab ketishida muhim rol o‘ynagan.

Olimlar, shuningdek, topilmada zamonaviy zamburug‘lar hujayralari tashkil topgan xitin moddasi mavjudligini aniqladilar. Topilmaning qadimiy o‘simlik emasligini ham aniq – unda sellyuloza yo‘q.

Natijada, tadqiqotchilar Kanadada dunyodagi eng qadimiy qo‘ziqorin topildi, degan xulosaga kelishdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech