11 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,8 °C

IT-xabarlar
22 Avgust  2019 844

Eng ko‘p ishlatiladigan parollar nomlari aytildi

Xakerlar hujumlari ko‘payishiga qaramay, internet foydalanuvchilari hali ham parollar tanlashda masuliyatsizlik qilmoqda.

DeviceLock kompaniyasi tahlilchilari eng ko‘p ishlatiladigan parollarni aniqladilar. Eng mashhur o‘ntalikda: 123456, 123456789, qwerty, password, 12345, qwerty 123, 1q2w3e, 12345678, 111111, 1234567890.

Eng mashhur kirill imlosidagi parollar: men, parol, kverti, salom, sevaman, natasha, maksim, andrey, oftobim.

Pochta manzillari bo‘lgan loginlar uchun parollarni yo‘qotgan foydalanuvchilar orasida eng mashhur xizmatlar quyidagilar: mail.ru, yahoo.com (2018 yilgi yetakchi), hotmail.com, gmail.com, rambler.ru, yandex.ru, bk.ru, aol.com, qq.com va list.ru.

DeviceLock asoschisi va texnik direktori Ashot Oganesyan IT-tarmog‘i ishtirokchilarining barcha ta'limiy sa'y-harakatlarga qaramay, foydalanuvchilar parollarni tanlashga yengil qarayotganidan hayratda. «Parol uchun qat'iy talablar belgilanadigan korporativ tizimlarda vaziyat yaxshilandi, – deydi Oganesyan. – Lekin hyech qanday avtomatlashtirilgan nazorat bo‘lmasa, foydalanuvchilar miyasiga birinchi kelgan narsani yozishlari aniq. Ya'ni «salom, sevaman, natasha» qabilida. Shu bilan birga, masalan, onlayn-kabinetga buzib kirish, keyinchalik elektron pochta yoki messenjerni o‘z ichiga olgan muhim tizimlarga tez kirish imkonini beradi».

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech