10 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9 °C

Mamlakatimizda
23 Avgust  2019 612

Energiya tejovchi uskunalar xarid qilgan shaxslarga kompensatsiya taqdim etiladi

Prezidentning energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga oid qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qarorga ko‘ra:

- xususiy xonadonlarda quyosh fotoelektrik stansiyalari (o‘rtacha 2 kVt) va quyosh suv isitkichlari (o‘rtacha 200 litr) o‘rnatiladi;

- nostandart gaz-gorelkali qurilmalari energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarga almashtiriladi.

2020-yil 1-yanvardan:

- jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq:

- quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun – 3 million so‘mdan;

- quyosh suv isitkichlar uchun – 1,5 million so‘mdan;

- gaz-gorelkali qurilmalar uchun – 200 ming so‘mdan oshmaydigan miqdorda kompensatsiyalar taqdim etiladi.

Qaror bilan 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab ilgari foydalanilgan generator uskunalari, kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi D toifadagi energiya sarflovchi uskunalarni respublika hududiga olib kirish taqiqlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech