18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,1 °C

Mamlakatimizda
29 May  2019 473

Endilikda oliy yoki o‘rta maxsus kasb-hunar ta'lim to‘g‘risidagi diplom bilan gid bo‘lib ishlash mumkin

Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (PF–5731, 28.05.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar beradi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, 111 ta mamlakat (http://lex.uz/docs/4143188) fuqarolariga quyidagi miqdorda ko‘chmas mulkni sotib olgan taqdirda O‘zbekistonda yashash guvohnomasini olish huquqi berildi:

- Toshkent viloyati va Toshkent shahrida – 400 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda;

- Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida – 200 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va respublikaning boshqa viloyatlarida – 100 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda.

Endilikda gidlar (ekskursiya yetakchilari),  kuzatib boruvchi-yo‘riqchilarning xizmatlari oliy yoki o‘rta maxsus kasb-hunar ta'lim to‘g‘risidagi diplomi yoki gidlar yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlash to‘g‘risidagi guvohnomasi bo‘lgan shaxslar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.

Ilgari mazkur faoliyat faqat Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladigan malaka sertifikatini olgan shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin edi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech