19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Kеyingi avlod
10 Sentyabr  2019 802

Endi OTMlariga to‘lov-kontrakt pulini oyma-oy bo‘lib to‘lash mumkin

2019-yilning 1-sentyabridan oliy ta'lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlarini yangi o‘quv yili uchun o‘rnatilishi bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi talabalar va ularning ota-onalari e'tiboriga quyidagi ma'lumotlarni taqdim etadi.

Respublikada oliy ta'lim tizimida amaldagi tartibga muvofiq, test sinovlari natijalariga ko‘ra eng yuqori ballar to‘plagan talabalar davlat granti bo‘yicha bepul o‘qiydilar. O‘z navbatida Davlat buyurtmasi parametrlari doirasida kontrakt asosida “o‘tish” ballarini to‘plab qabul qilingan talabalar esa, ularni o‘qitishga sarflanadigan xarajatlarni qisman qoplashni nazarda tutuvchi ijtimoiy himoyalangan bazaviy  to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qiydilar.

Shu bilan birga talabalarga to‘lovlarni amalga oshirishda qulaylik yaratish, aholining keng qatlami uchun oliy ta'limning hammabopligini ta'minlash maqsadida 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari ikki xil ko‘rinishda –  “stipendiyali” va “stipendiyasiz” etib belgilandi.

Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga to‘lanishi belgilanayotgan 400 000 so‘m, bir yilda jami 4 800 000 so‘mni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi.

Misol uchun, bakalavriatning Gumanitar fanlar, Pedagogika, Texnika,  Qishloq va suv xo‘jaligi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talabalar (jami talabalarning qariyb 80 foizi) 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, quyidagi tartibda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin:

Stipendiya bilan – 10 792 960 so‘m (Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 17 barobarida);

Stipendiyasiz – 5 992 960 so‘m (10 792 960 so‘m -  4 800 000 so‘m).

Bundan tashqari, aholiga to‘lovlarni amalga oshirishda yengillik yaratish maqsadida kontrakt summalarini oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi hamda oliy ta'lim muassasalari rektorlari to‘lov muddatlarini uzaytirish vakolatiga ega bo‘ladi.

Ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari bilan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining www.edu.uz  saytida tanishish mumkin.

Yangi o‘quv yilida to‘lov-kontrakt qiymati miqdorini 18 foizga oshirilishida (indeksatsiya qilishda) asosiy omil sifatida, oliy ta'lim muassasalari xodimlarining ish haqi miqdorlari (o‘tgan o‘quv yilida 3 marotaba), kommunal xizmatlar tariflar va boshqa saqlash xarajatlari oshgani holda, oliy ta'lim muassasalari xarajatlarini daromadlariga nisbatan 74 foizga o‘sganligi inobatga olindi.

Shu bilan birga, yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrov ko‘rsatkichi 2017/2018-o‘quv yilidagi 9 foizdan joriy o‘quv yilida 20 foizga ortganligi yoki talabalar kontingentining 126 ming nafarga ko‘payganligi oliy ta'lim muassasalarida o‘qituvchilar va o‘quv binolari quvvatlarini yaratish bo‘yicha qo‘shimcha ehtiyojga olib keladi, bu esa o‘z navbatida qo‘shimcha xarajatlarni talab etadi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, 2019/2020-o‘quv yilidan to‘lov-kontrakt miqdorlarining o‘rtacha 18  foizga oshirilishi - bir talabani bir yillik o‘qitish xarajatlarini qisman, ya'ni o‘rtacha 68 foizi qoplamoqda xolos (bunda - xarajatlarni qoplanishi o‘tgan yilgi darajada saqlab qolinmoqda).

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech