20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Mamlakatimizda
3 May  2019 984

«EMAAR Properties» kompaniyasi raisi poytaxtdagi sarmoya yo‘naltirish istiqbolli bo‘lgan ob’ektlar bilan tanishdi

Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari taklifiga ko‘ra, BAA «EMAAR Properties» kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad al-Abbora poytaxtimizning diqqatga sazovor joylarida bo‘lib, investitsiyaviy jozibadorligi va sarmoya yo‘naltirish istiqbolli bo‘lgan ob'ektlari bilan tanishdi, deb xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.

Poytaxt bo‘ylab uyushtirilgan sayohat davomida Muhammad al-Abbora Toshkentning beqiyos shahar ekanligini e'tirof etdi. Hududlarning obodligi, ozodaligi, ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida e'tibor qaratilgani, poytaxtda noyob arxitektura durdonalari mavjudligi, tarixiy obidalar me'morchiligi va zamonaviy inshootlarda qo‘llanilayotgan arxitekturani yuqori baholadi. Shunga ko‘ra, shaharning turistik salohiyati ham yuksak deya ta'rif keltirdi.
O‘z o‘rnida Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari o‘tgan yili poytaxtimizga kelgan sayyohlar soni ikki barobarga ko‘payib, 5,5 milliondan ortganini qayd etishdi.

O‘tkazilgan uchrashuv va uyushtirilgan sayohat natijalariga ko‘ra, BAA «EMAAR Properties» kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad al-Abbora shahrimizdagi bir qator ob'ektlar, xususan, “O‘zbekiston mehmonxonasi”, Ipakchilik ko‘chasidagi “Mehmonlar uyi” hamda boshqa joylarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qiziqish bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech