22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,8 °C

Bilasizmi?
12 Avgust  2019 327

Efiopiya poytaxtida Aleksandr Pushkin haykali o‘rnatiladi

Yaqinda o‘rnatiladigan yangi yodgorlik Addis-Abeba shahriga o‘rnatilgan shoirning ikkinchi haykaliga va xalqlar do‘stligi timsoliga aylanadi.

Efiopiyaning Moskvadagi elchisi Alemayexu Tegen Argau shoirga atab yana bir katta yodgorlik yaratish rejasi haqida gapirdi. «Ushbu loyiha bilan efiopiyalik va rossiyalik haykaltaroshlar, olimlar, tarixchilar jamoasi bilan shug‘ullanadi», deya uning so‘zlarini keltiradi RAA «Novosti».

Yodgorlik mualliflaridan biri - haykaltarosh Aleksey Chebanenko. Rossiya va YuNeSKO rassomlar uyushmasi a'zosi, Grekov nomidagi Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy rassomlar studiyasi a'zosi gap umumiy balandligi besh-besh yarim metrli bronza haykal haqida borayotganini ta'kidladi. Pushkin haykalining bo‘yi uch metrni tashkil etadi. Granit poydevorda esa buyuk shoirning bobosi, kelib chiqishi afrikalik bo‘lgan Abram Gannibal aks etadi.

Haykaltaroshning aytishicha, loyiha allaqachon tasdiqlangan va hozirda uning joylashuvini tasdiqlash jarayoni ketmoqda. Dastlabki taxminiy rejaga ko‘ra, yodgorlik poytaxt markazidagi maydonga o‘rnatiladi. Haykalni yaratish uchun esa taxminan uch oydan olti oygacha vaqt ketadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech