18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,7 °C

Dolzarb
14 Fevral  2019 1421

O‘zbekistonda statistikaning holati

BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi O‘zbekistonda xalqaro statistika standartlari va ilg‘or amaliyotning tatbiq etilishi haqidagi maruzani elon qildi.

Ushbu hujjat BMT YeIKning O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi, Yevropa komissiyasi va Yevropa erkin savdo uyushmasi bilan hamkorlikdagi umumlashtiruvchi qisqa ma’lumotlari natijasidir. Umumlashtiruvchi ma’lumotlar esa ekspertlarning 2018-yil 29-oktyabrdan 2-noyabrga qadar amalga oshirgan missiyasi chog‘ida to‘plangan.

Ma’ruza uch asosiy sohani qamrab oladi: BMTning rasmiy statistikasiga asos bo‘la oladigan prinsiplarga rioya qilinishi, institutsional masalalar hamda Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ni ham o‘z ichiga olgan statistika faoliyatining asosiy sohalari.

Umuman olganda, xalqaro ekspertlar O‘zbekistondagi statistika tizimlarining rivojlanish darajasi va xalqaro standartlarning joriy etilgani borasida yaxshi taassurotga ega bo‘ldilar. To‘g‘ri, hali ayrim sohalarni xalqaro standartlarning so‘nggi versiyasi va ilg‘or amaliyoti bilan ta’minlash borasida ma’lum ishlar amalga oshirilishi lozim. Biroq aksariyat vaziyatlarda bu ishlar allaqachon boshlanib ketgan va kelgusida uni yakuniga yetkazish borasidagi aniq rejalar mavjud, deyiladi ma’ruzada.

Xalqaro ekspertlarning fikricha, so‘nggi marta O‘zbekiston aholisini ro‘yxatga olish 1989-yilda o‘tkazilgani katta muammo hisoblanadi. Bu iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni o‘lchashda asosiy demografik ma’lumotlar manbai sifatida muhim ahamiyatga ega.

Ma’ruzada keltirilgan 57 ta tavsiya orasida eng muhimlaridan biri 2022-yilda o‘tkazish tavsiya etilayotgan aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish, unga birlamchi e’tibor qaratish va har tomonlama ko‘maklashishdir.

O‘z axborotimiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech