20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,1 °C

Sport
4 Mart  2019 1503

Dzyudochilarimiz Marokashdagi musobaqada ishtirok etishadi

8-10-mart kunlari Marokashning Marrakesh shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi navbatdagi musobaqa bo‘lib o‘tadi. Kelasi yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga litsenzion reyting ochkolarini beruvchi joriy musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

 

Ushbu turnirda ishtirok etish uchun murabbiylarimiz 14 sportchini tanlab olishgan. Unga ko‘ra quyidagi tarkib Marokash safariga yo‘l oladi:

-60 kg: Sharofiddin Lutfullayev va Doston Ro‘ziev;

-66 kg: Shahram Ahadov va Sardor Nurillaev;

-73 kg: Hikmatilla To‘raev va G‘iyosjon Boboev;

-81 kg: Sharofiddin Boltaboev;

-90 kg: Yahyo Imomov;

-100 kg: Sherali Jo‘raev va Muhammadkarim Xurramov;

-57 kg: Amina Mamedova;

-63 kg: Hojiniso Komoliddinova;

-70 kg: Muhayyo Ibragimova;

-78 kg: Shohista Anorova

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech