17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,8 °C

Mamlakatimizda
16 Iyul  2019 500

DXMlar orqali 117 186 nafar abiturient OTMga hujjat topshirgan

Xbaringiz bor joriy yilning 15 iyunidan 15 iyuliga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida abiturientlar OTMga hujjat topshirdi. Bu davr Davlat xizmatlari markazlari uchun yangi tajribalarga boy bo‘ldi.

Xo‘sh, mazkur jarayon natijalari qanday?

Qabul yakuniga qadar Davlat xizmatlari markazlari orqali jami 117 186 nafar abiturient OTMga imtihonga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan. Ularning 44 foizi, ya'ni 51 639 nafari 2019 yil bitiruvchilariga to‘g‘ri keladi. 65 547 nafari esa oldingi yillar bitiruvchilaridir, deb xabar beradi Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati.

OTMlarga eng ko‘p hujjatlar Samarqand viloyati Davlat xizmatlari markazlari orqali topshirilgan. Ularning soni 37642 nafar abiturientni tashkil qildi.

Bundan tashqari, fuqarolarga qulay bo‘lishi hamda jazirama issiqda sarson bo‘lmasliklari uchun, barcha DXMlar 24 soat ish rejimida xizmat ko‘rsatishdi. Natijada tungi soat 20.00 dan ertalab 09.00 ga qadar jami 7 216 nafar abiturient hujjat topshirgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech