17 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26,4 °C

Xalqaro munosabatlar
11 Iyul  2019 289

DXA direktori Moskva Hududiy boshqaruv markazining faoliyati bilan tanishdi

Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasining poytaxtiga tashrif buyurdi.

Tashrif dasturida 30-may kuni Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Rossiya Hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning birinchi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qilish uchun Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedev bilan muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Davlat xizmatlari agentligi direktori Xalilillo Turaxujaev hukumat delegatsiyasi tarkibida Moskva viloyati Hukumat uyida joylashgan Hududiy boshqaruv markazi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar beradi Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati.

Markazda 30 tarmoq vazirlik va idoralaridan 122 nafar xodim faoliyat yuritadi.

Axborot tizimlari yordamida Moskva viloyati hududidagi barcha faoliyat sohalari bo‘yicha ma'lumotlar yig‘iladi va tahlil qilinadi. Xodimlar “Dobrodel” portali va “Insident” tizimi, gubernatorning ishonch telefonlari, ixtisoslashgan muassasalar va boshqa sohalarga oid tizimlardan ma'lumot oladi.

Barcha ma'lumotlar 11 maxsus tarmoqlarga taqsimlanadi: «Tibbiyot», «Ta'lim», «Ijtimoiy himoya», «Transport va yo‘llar», «Ekologiya», «Uy-joy kommunal xizmatlari», «Qurilish», «KFM va davlat xizmatlari», «OAV» «Xavfsizlik», «Milliy loyihalar va tenderlar».

Maxsus axborot tizimlari yordamida bu yerda hududning barcha faoliyat sohalariga oid ma'lumotlar kechayu-kunduz to‘planadi va tahlil qilinadi.

Ya'ni, bu vrachga yozilish, avtoyo‘llar tartibi, bolalarni maktab va bog‘chalarga joylashtirish, chiqindi yig‘ish va boshqa kundalik masalalarni tez va samarali yechimini topadigan o‘ziga xos monitoring markazi hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech