24 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,6 °C

Mamlakatimizda
21 May  2019 680

Dori vositalari eksporti o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 134,6 foizga oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida dori-darmon ta'minotini yanada yaxshilash va farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Ta'kidlanishicha, ayni paytda respublikamizda faoliyat yuritayotgan 162 ta korxonadan 90 tasida dori vositalari, 61 tasida tibbiy buyum va 11 tasida dori vositasi va tibbiy buyumlar ishlab chiqarmoqda. Ishlab chiqarilayotgan 2486 dan ortiq dori vositalari va 199 ta tibbiyot buyumlari tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etilib, davlat ro‘yxatiga olingan. 19 ta farmatsevtika korxonalarining 100 ga yaqin turdagi mahsulotlari xalqaro farmatsevtika bozoriga, shu jumladan, AQSh, Fransiya, Germaniya va boshqa yevropa mamlakatlari va MDHga eksport qilinmoqda.  Bundan tashqari, farmatsevtika sohasiga xorijiy investitsiyalarni  jalb qilinishi hisobiga 26 ta qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmokda. Erkin iqtisodiy zonalarda tashkil etilayotgan barcha ishlab chiqarish korxonalari qatori, farmatsevtika korxonalariga ham imtiyozlar berilishi soha rivojiga katta ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda.

E'tiborli jihati, mahalliy ishlab chiqaruvchi 27 ta korxona  tomonidan 25 farmakoterapevtik guruhga mansub dori vositalari va 10 nomdagi tibbiy buyumlar 14 ta xorij davlatlarga, jumladan, AQSh, Germaniya, Rossiya, Fransiya va boshqa mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Korxonalar tomonidan eksport qilingan mahsulotlar hajmi 2018-yilning 1-choragiga nisbatan 134,6 foizga oshdi. 6 ta yangi farmatsevtik bozor – Janubiy Koreya, Turkiya, Moldova, Tojikiston, Belorus va Yaman davlatlari bozorlari o‘zlashtirildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech