16 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,8 °C

IT-xabarlar
5 Avgust  2019 1032

Instagram va WhatsApp servislari nomlari tez orada o‘zgaradi

Mark Sukerbergga tegishli Instagram  va WhatsApp servislarining nomlari tez orada o‘zgaradi. Bu haqda «The Information» nashri manbaga asoslanib xabar berdi.

Keyinchalik Facebook vakillari tomonidan ushbu ma'lumot tasdiqlangan.

Instagram - «Instagram from Facebook»ga va WhatsApp - «WhatsApp from Facebook»ga aylanadi. Shunday qilib, ijtimoiy tarmoq har ikkala mashhur ilovaning egasi kimligini eslatib turadi.

Smartfon ekraniga chiquvchi ilovalar hozircha ilgarigidek qolaveradi. Biroq App Store va Google Play ilovalar do‘konlarida yangi, «to‘liq» nomlardan foydalaniladi. Bundan tashqari, «Facebook»dan» so‘zi Instagram  va WhatsApp ning boshlang‘ich ekranlarida ham paydo bo‘ladi. Oculus ilovasi bilan ham allaqachon shunday bo‘lgan.

 «Biz Facebookning bir qismi bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlar haqida aniqroq ma'lumot berishni istaymiz», deydi «The Information»ga ijtimoiy tarmoq vakili. Shuningdek, nashr joriy yil boshida Mark Sukerberg barcha uchta ilovadagi chatlarni bitta texnologik platformaga o‘tkazish va foydalanuvchilarning Facebook, Facebook Messenger, WhatsApp yoki Instagramda bo‘lishi qat'i nazar, bir-biri bilan muloqot qilishlariga imkon berish rejasini e'lon qilganini eslatib o‘tgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech